ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Texnogen xavfli hududlarda ehtimoliy zararni baholash va kadastr obyektlari xavfsizligini GAT asosida modellashtirish

Abbasov, Subxon Burxonovich; Ilmurodova, Lobar Axmed qizi

Samarqand davlat universiteti
SamDTU

2026-10-24 · pp. 450–453 · DOI: 10.5281/zenodo.23492153

Annotatsiya

Mazkur maqolada texnogen xavfli hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy zararlarni baholash hamda kadastr obyektlarining xavfsizlik darajasini geoinformatsion texnologiyalar asosida aniqlash masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda texnogen xavfni baholashning modeli taklif etilib, uning davlat yer kadastri ma’lumotlari bilan integratsiyalash imkoniyatlari asoslangan. Texnogen xavf manbalari, ularning ta’sir zonalari, yer uchastkalari, bino va inshootlar, aholi punktlari hamda muhandislik-transport infratuzilmasining o‘zaro hududiy bog‘liqligi GAT vositalari yordamida tahlil qilinadi. Tadqiqotda xavf manbalari atrofida turli masofaviy bufer zonalarni shakllantirish, kadastr obyektlarining xavf zonasiga tushish darajasini aniqlash, ularning zaifligi va ehtimoliy zarar ko‘rsatkichlarini baholash hamda integral xavf ko‘rsatkichini hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan. Taklif etilayotgan yondashuv asosida har bir kadastr obyektining texnogen xavfga nisbatan individual xavfsizlik darajasini aniqlash va hududlarni past, o‘rta, yuqori hamda o‘ta yuqori xavf zonalariga ajratish imkoniyati yaratiladi.

Kalit so'zlar: texnogen xavf, ehtimoliy zarar, GAT, geoinformatsion texnologiyalar, xavf zonasi, xavfsizlik, hududiy zonalashtirish

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi