Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Farg‘ona viloyatidagi sakral landshaftlarda ziyoratchilar salomatligini muhofaza qilishni hududiy tashkil etish
Annotatsiya
Mazkur maqolada Farg‘ona viloyatidagi sakral landshaftlarda ziyoratchilar salomatligini muhofaza qilishning hududiy va tibbiy-geografik jihatlari yoritilgan. Sakral obyektlarning hududiy joylashuvi, ziyoratchilar oqimi, sanitariya-gigiyena infratuzilmasining holati, ichimlik suvi ta’minoti hamda ziyoratchilar uchun yaratilgan xizmat ko‘rsatish sharoitlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Farg‘ona viloyatida 321 dan ortiq qadamjo va mozor ko‘rinishidagi ziyoratgohlar hamda 100 ga yaqin tarixiy-madaniy va arxeologik obyektlar mavjudligi aniqlangan. 2024-yilda viloyat sakral obyektlariga tashrif buyurgan mahalliy ziyoratchilar soni 215 ming kishini tashkil etgan. 20 dan ortiq ziyoratgohda o‘tkazilgan kuzatuvlar va 200 nafar respondent ishtirokidagi anketa-so‘rovnoma natijalari asosida sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash, ichimlik suvi sifatini muntazam nazorat qilish, funksional zonalashtirish, sanitariya-epidemiologik monitoringni joriy etish hamda sakral obyektlarning yagona axborot bazasini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: sakral landshaft, sakral obyekt, ziyoratgoh, ziyoratchilar salomatligi, tibbiy-geografik baholash, sanitariya-gigiyena, ichimlik suvi, hududiy tashkil etish, ziyorat turizmi, monitoring