Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Togʻ va togʻ oldi hududlarda iqlimning turizm faoliyatiga ta’siri (Baxmal tumani misolida)
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti
Annotatsiya
Maqolada togʻ va togʻ oldi hududlarda iqlim sharoitining turizm faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishdagi ahamiyati Baxmal tumani misolida tahlil qilingan. Havo harorati, atmosfera yogʻinlari, nisbiy namlik, shamol va quyosh radiatsiyasi kabi meteorologik elementlarning turistlarning termik qulayligi, turistik faoliyat davomiyligi hamda mavsumiyligiga ta’siri yoritilgan. Baxmal tumanining murakkab relyefi va balandlik mintaqalanishi hududda turli turistik faoliyat turlarini rivojlantirish uchun differensial iqlimiy sharoit yaratishi asoslangan. Mavjud ilmiy tadqiqotlar tahlili hududning tabiiy geografiyasi va turistik salohiyati o‘rganilgan bo‘lsa-da, iqlim omillarining turizm faoliyatiga kompleks ta’sirini maxsus baholash zarurligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijasida turistik faoliyatni fasllar va balandlik mintaqalari bo‘yicha rejalashtirish, iqlim-turizm indekslaridan hamda geografik axborot tizimlaridan foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati asoslab berildi.
Kalit so'zlar: togʻ turizmi, iqlim, Baxmal tumani, turizm faoliyati, iqlimiy qulaylik, rekreatsiya, balandlik mintaqalanishi, turistik resurslar