Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Zomin tumani tabiati, turizmining rivojlanish jarayonlari
Nizomiy nomidagi O‘zMPU
Guliston davlat universiteti
Annotatsiya
Ushbu maqolada Zomin tumanining turistik salohiyati, tabiiy-geografik xususiyatlari hamda rekreatsion resurslari tahlil qilingan. Hudud Turkiston tog‘ tizmasining etaklarida joylashgani, toza tog‘ havosi va boy landshaftlari turizmni rivojlantirish uchun muhim omil ekanligi asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada hududda ekoturizm va turizmning boshqa ziyoratgoh joylarda rivojlanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Turizm infratuzilmasidagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham yoritilgan.
Kalit so'zlar: Zomin tumani, ekoturizm, rekreatsiya turizmi, tabiiy resurslar, turizm salohiyati, madaniy landshaft