ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Sirdaryo viloyati turizm-rekreatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish muammolari

Alimkulov, Nusratulla Raxmonkulovich; Baratova, Dilnoza Nuritdinovna

Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti
Guliston Davlat Universiteti

2026-10-24 · pp. 409–413 · DOI: 10.5281/zenodo.23492112

Annotatsiya

Mazkur maqolada Sirdaryo viloyatining turizm-rekreatsiya infratuzilmasining hozirgi holati, mavjud tabiiy, rekreatsion va madaniy-tarixiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari hamda sohani rivojlantirishdagi asosiy muammolar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida viloyatdagi transport va yo‘l infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, mehmonxona va turistik xizmat ko‘rsatish obyektlari, ekologik infratuzilma, marketing hamda investitsiya imkoniyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, Sirdaryo daryosi bo‘yi hududlari, agroturizm, ekoturizm va qisqa muddatli turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Aniqlangan muammolar asosida turistik infratuzilmani kompleks rivojlantirish, xususiy investitsiyalarni jalb qilish, agro va ekoturizm klasterlarini shakllantirish hamda hududning turistik salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Sirdaryo viloyati, turizm-rekreatsiya, turistik infratuzilma, rekreatsion resurslar, ekoturizm, agroturizm, madaniy-tarixiy obyektlar, Sirdaryo daryosi, turistik salohiyat, yashil iqtisodiyot, investitsiya, turistik zonalashtirish, GAT

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi