Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Farg‘ona vodiysi turistik-rekreatsion resurslaridan barqaror foydalanishning tabiiy-geografik va geoekologik jihatlari
Annotatsiya
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysi turistik-rekreatsion resurslaridan barqaror foydalanishning tabiiy-geografik va geoekologik jihatlari yoritilgan. Unda vodiyning tabiiy landshaftlari, iqlim sharoiti, suv resurslari, tog‘li va adir hududlari, mineral buloqlar hamda madaniy-tarixiy obyektlarning turizm va rekreatsiya rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, turistik-rekreatsion resurslardan foydalanishda yuzaga kelayotgan ekologik muammolar, antropogen bosim, landshaftlarning buzilishi, suv va tuproq resurslariga ta’sir kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda Farg‘ona vodiysida turizmni rivojlantirishda geoekologik muvozanatni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror turistik-rekreatsion tizimlarni shakllantirish zarurligi asoslab beriladi.
Kalit so'zlar: Farg‘ona vodiysi, turistik-rekreatsion resurslar, barqaror foydalanish, tabiiy-geografik omillar, geoekologik jihatlar, landshaft, ekologik muvozanat, rekreatsiya, turizm salohiyati