Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Namangan shahrining o‘sish qutbi sifatida shakllanishining iqtisodiy-geografik omillari
Namangan davlat universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada Namangan shahrining o‘sish qutbi sifatida shakllanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy-geografik omillar hamda uning hududiy rivojlanishdagi roli tahlil qilingan. Tadqiqotda 2010–2025-yillar davomida shaharning demografik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dinamikasi, viloyat iqtisodiyotidagi ulushi hamda asosiy iqtisodiy faoliyat turlarining nisbiy konsentratsiyasi o‘rganilgan. Shuningdek, Namangan shahrining atrof hududlarga ta’siri yoritilgan. Aniqlangan natijalar Namangan shahrida iqtisodiy faoliyatning yuqori darajada konsentratsiyalashuvi va uning atrof hududlar bilan funksional aloqalarining kuchayishi o‘sish qutbi sifatidagi shakllanish jarayonining muhim belgilaridan ekanligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: iqtisodiy-geografik rivojlanish, o’sish qutbi, nisbiy konsentratsiya koeffitsiyenti, suburban hududlar