Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Farg‘ona vodiysi yirik shaharlarida mehnat resurslaridan foydalanish darajasini baholash
Namangan davlat universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysining yirik shaharlari – Namangan, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon misolida mehnat resurslaridan foydalanish darajasining hududiy tarkibi iqtisodiy geografik nuqtai nazardan o‘rganilgan. Mehnat yoshidagi aholining ulushi, bandlik va ishsizlik darajasi foiz ko‘rsatkichlarni ballga o‘tkazish hamda integral indeks ishlab chiqilib, shaharlarning mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi bo‘yicha tahlil qilingan. Shuningdek, olingan natijalar shaharlarning mehnat bozori ko‘rsatkichlari va shahar qulayligi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganilgan. Ushbu tadqiqot shaharlarda demografik o‘sish bilan mehnat bozori o‘rtasidagi muvofiqlik darajasini aniqlashga hamda shaharlarning umumiy qulaylik indeksini baholashda muhim ilmiy asos yaratishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: mehnat resurslari, bandlik, ishsizlik, indegral indeks, subindikator, qulaylik, baholash