ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Shaharlarning zamonaviy urbanistik tasnifi

Jumaxonov, Shavkatjon Zairjonovich; Toshpo‘latov, Abduqodir Muhammadjon o‘g‘li; Habibullayev, Javohir Jahongir o‘g‘li

Namangan davlat universiteti
Ziyokor internatsional school NTM

2026-10-24 · pp. 348–360 · DOI: 10.5281/zenodo.23492073

Annotatsiya

Mazkur maqolada XXI asrda aholi punktlarini tasniflashda shakllangan zamonaviy urbanistik yondashuvlar oʻzaro bogʻliq koʻrsatkichlar tizimi sifatida tahlil qilingan. Tadqiqotda tasniflashning yettita oʻlchanadigan yoʻnalishi ajratilgan, yaʼni aholining yosh tarkibi, migratsion balans, tabiiy xavfga bardoshlilik darajasi, qurilish fondining vertikal rivojlanishi, kapitalning hududiy konsentratsiyasi, ekologik samaradorlik va boshqaruvning raqamlilik darajasi. Har bir yoʻnalish uchun xalqaro miqyosda qiyoslanuvchi koʻrsatkichlar tizimlashtirilib, ularning arxitektura va landshaft dizayni sohasidagi loyihaviy oqibatlari aniqlangan. Tahlil natijasida zamonaviy tasnif yoʻnalishlari bir-birini istisno etmasligi, balki kesishishi va aynan kesishmalarda shaharning koʻp oʻlchovli indeksli profili shakllanishi asoslab berilgan. Xulosa qismida mazkur yondashuvni Oʻzbekiston shaharsozligi amaliyotiga joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: aholi punktlari, koʻp oʻlchovli tasnif, geourbanistika, kumush shaharlar, magnit shaharlar, qisqarayotgan shaharlar, rezistent tasnif, vertikal shahar, eko-shahar, “aqlli” shahar, megatall bino, seysmik mikrorayonlashtirish, landshaft dizayni

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi