ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Farg‘ona viloyati bandlik shakllari va uning hududiy tafovutlar

Abduvaliyev, Xayitboy Abdug‘aniyevich; Mirzatillayev, Jumanazar Zokirjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti

2026-10-24 · pp. 338–343 · DOI: 10.5281/zenodo.23492067

Annotatsiya

Maqolada Farg‘ona viloyati mehnat resurslarining hozirgi holati viloyat statistika boshqarmasining 2010-2024-yillarga oid mehnat resurslari balansi, hududlar bo‘yicha iqtisodiy faol aholi, yosh tarkibi va ish haqi ma’lumotlari asosida tahlil qilingan. 2024-yilda viloyatda mehnat resurslari 2 143,3 ming kishini, iqtisodiy faol aholi 1 664,4 ming kishini, ishsizlik darajasi 6,0 foizni tashkil etgani aniqlangan bo‘lib, band aholining 44,9 foizi norasmiy sektorda, 10,4 foizi respublikadan tashqarida mehnat qilayotgani tahlillarda aniqlandi. Tumanlar kesimida norasmiy bandlik ulushi 13,5 foizdan (Farg‘ona shahri) 57,6 foizgacha (Buvayda tumani) farqlanishi asoslantirildi. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha hududiy takliflar ishlab chiqildi.

Kalit so'zlar: mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi, bandlik, norasmiy bandlik, ishsizlik darajasi, mehnat migratsiyasi, demografik yuk, Farg‘ona viloyati

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi