ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Farg‘ona vodiysida urbanistik jarayonlarning shakllanishi va hududiy rivojlanish xususiyatlari

Akbarova, Zuhraxon Azimjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti

2026-10-24 · pp. 314–317 · DOI: 10.5281/zenodo.23492050

Annotatsiya

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida urbanistik jarayonlarning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va hududiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Farg‘ona vodiysi O‘zbekistonning aholisi zich joylashgan, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan faol hududlaridan biri hisoblanadi. Maqolada vodiy shaharlarining tarixiy rivojlanishi, sanoat, transport, demografik o‘sish, migratsiya jarayonlari hamda tabiiy-geografik omillarning urbanizatsiyaga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida shaharlar tizimining shakllanishi, kichik va o‘rta shaharlarning rivojlanish yo‘nalishlari hamda urbanistik jarayonlarning hududlar kesimidagi farqli jihatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari Farg‘ona vodiysida urbanizatsiya jarayonlari aholining joylashuvi, ishlab chiqarish kuchlari va infratuzilma rivoji bilan uzviy bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: Farg‘ona vodiysi, urbanizatsiya, urbanistik jarayonlar, hududiy rivojlanish, shaharlar tizimi, demografik o‘sish, infratuzilma, migratsiya, shahar aglomeratsiyasi

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi