Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Qo‘qon shahri atrofidagi qishloq xo‘jaligi landshaftlaridan foydalanishning oziq-ovqat xavfsizligiga ta’siri
Kokand State University
Annotatsiya
Mazkur tezisda Qo‘qon shahri atrofidagi qishloq xo‘jaligi landshaftlaridan foydalanishning oziq-ovqat xavfsizligiga ta’siri geografik yondashuv asosida tadqiq etilgan. Tadqiqot hududi Qo‘qon shahri bilan bevosita tutash hamda shahar oziq-ovqat ta’minoti bilan funksional jihatdan bog‘liq qishloq xo‘jaligi hududlari doirasida qaraladi. Tadqiqotda landshaft, hududiy-taqqoslash, statistik va ekologik-geografik tahlil usullaridan foydalanildi. Qo‘qon shahrining o‘zida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilayotgani rasmiy statistik ma’lumotlar asosida ko‘rsatildi. 2024-yil yanvar–sentabr oylarida shaharda mazkur soha mahsulotlari hajmi 264,8 mlrd so‘mni tashkil etib, 2,7 ming tonna sabzavot, 4,9 ming tonna meva, 7,4 ming tonna sut va 2,1 ming tonna go‘sht yetishtirilgan. Shu bilan birga, intensiv sug‘orma dehqonchilik, tuproq sho‘rlanishi, suv resurslaridan foydalanish samaradorligi va urbanizatsiya jarayonlari qishloq xo‘jaligi landshaftlarining barqarorligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar sifatida baholandi. Natijada oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash uchun shahar atrofi agro-landshaftlarini GIS va masofadan zondlash asosida monitoring qilish, sug‘orish samaradorligini oshirish va unumdor qishloq xo‘jaligi yerlarining transformatsiyasini nazorat qilish zarurligi asoslandi.
Kalit so'zlar: Qo‘qon shahri, qishloq xo‘jaligi landshaftlari, oziq-ovqat xavfsizligi, agro-landshaft, sug‘oriladigan yerlar, urbanizatsiya, tuproq sho‘rlanishi, GIS, masofadan zondlash, barqaror rivojlanish