ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Farg‘ona vodiysida sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi landshaftlarining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati

Boratov, Alijon Xolisboy o‘g‘li

Kokand State University

2026-10-24 · pp. 294–299 · DOI: 10.5281/zenodo.23492036

Annotatsiya

Ushbu tezisda Farg‘ona vodiysining O‘zbekiston hududidagi qismida shakllangan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi landshaftlarining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni geografik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot hududi sifatida Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari tanlangan. Sug‘oriladigan yerlarning tabiiy-geografik sharoit, suv resurslari, tuproq qoplami va xo‘jalik faoliyati bilan o‘zaro aloqasi ochib berilgan. Viloyatlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining hududiy tafovutlari tahlil qilingan. Shuningdek, suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi, meliorativ holatning yomonlashuvi va intensiv antropogen foydalanish kabi omillarning landshaftlarning ishlab chiqarish salohiyatiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijasida oziq-ovqat xavfsizligini uzoq muddatli ta’minlash uchun sug‘oriladigan agro-landshaftlardan foydalanishda suv va yer resurslarini integratsiyalashgan boshqarish, GIS va masofadan zondlash asosida monitoring olib borish hamda suv tejovchi texnologiyalarni kengaytirish zarurligi asoslangan.

Kalit so'zlar: Farg‘ona vodiysi, sug‘oriladigan landshaft, agro-landshaft, oziq-ovqat xavfsizligi, sug‘orish, yer resurslari, suv resurslari, tuproq sho‘rlanishi, barqaror rivojlanish, GIS, masofadan zondlash

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi