Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Chiqindilar muammosi va ularni qayta ishlash
Qo‘qon davlat universiteti
Annotatsiya
Mazkur tezisda chiqindilar muammosining ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari, chiqindilarning atrof-muhitga ta’siri hamda ularni qayta ishlashning zamonaviy usullari yoritilgan. Chiqindilarni kamaytirish, manbada saralash, qayta foydalanish va ikkilamchi xomashyo sifatida iqtisodiyotga jalb etishning ahamiyati tahlil qilingan. O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishning hozirgi holati va 2019–2028-yillarga mo‘ljallangan strategiyada belgilangan vazifalar asosida chiqindilarni samarali boshqarish orqali tabiiy resurslarni tejash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror rivojlanishga erishish yo‘llari ko‘rsatilgan.
Kalit so'zlar: geoekologiya, chiqindilar, qayta ishlash, ekologik muammo, atrof-muhit, ikkilamchi xomashyo, ekologik xavfsizlik, barqaror rivojlanish