Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Iqtisodiy geografik rayonlashtirishning nazariy asoslari, taksonomik birliklari va jahon tajribasi
Namangan davlat universiteti
Ziyokor internatsional school NTM
Annotatsiya
Maqolada iqtisodiy geografik rayonlashtirishning nazariy asoslari, taksonomik birliklarning nomlanishi, iyerarxik pogʻonasi va rasmiy maqomi hamda jahon mamlakatlarida rayonlashtirish tajribasi qiyosiy geografik jihatdan tahlil qilingan. Mintaqa, subregion, oʻlka, provinsiya, okrug va rayon atamalarining tabiiy geografik, iqtisodiy geografik va statistik tizimlardagi oʻrni taqqoslanib, ularning xalqaro miqyosda kelishilgan yagona taksonomiyasi mavjud emasligi asoslangan. Oʻzbekistonni olti iqtisodiy rayonga ajratishning mezon va tamoyillari hamda mamlakatni tabiiy-xoʻjalik jihatidan rayonlashtirish natijalari yoritilgan. Iqtisodiy rayonlar toʻrini rasman tasdiqlash, taksonomik atamalarni bir xillashtirish hamda rayon chegaralarini tabiiy-xoʻjalik okruglari va mayatniksimon migratsiya oqimlari asosida aniqlashtirish taklif etilgan.
Kalit so'zlar: rayonlashtirish, taksonomik birliklar, mintaqa, subregion, oʻlka, provinsiya, okrug, tabiiy geografik rayon, iqtisodiy rayon, funksional rayon