Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashning geografik jihatlari
Farg‘ona davlat universiteti
Annotatsiya
Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning hududiy tarkibi, uning tabiiy-geografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillari hamda agrosanoat integratsiyasi jarayonida xomashyoni qayta ishlash tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda viloyat agrosanoat majmuasining ichki tarmoq va hududiy mutanosibliklari, agroklasterlar faoliyati, tumanlarning ixtisoslashuvi, logistika markazlari va agrologistika quvvatlarining joylashuvi iqtisodiy-geografik nuqtai nazardan batafsil ochib berilgan. Real statistik ma’lumotlar asosida viloyat tumanlarining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi salmog‘i, meva-sabzavot, polizchilik, paxtachilik, g‘allachilik va chorvachilik tarmoqlari bo‘yicha ixtisoslashuvi hududiy tiplarga ajratilgan. Qayta ishlash korxonalarining xomashyo bazasi bilan hududiy aloqalari, agrar tarmoqda qiymat zanjirini shakllantirish muammolari hamda sohani barqaror rivojlantirishning istiqbolli geografik yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: iqtisodiy geografiya, agrosanoat majmuasi, agroklaster, hududiy ixtisoslashuv, Farg‘ona viloyati, qishloq xo‘jaligi geogafiyasi, qayta ishlash sanoati, qiymat zanjiri