Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Farg‘ona viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning geografik asoslari
Farg‘ona davlat universiteti
Annotatsiya
Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning tabiiy-geografik, iqtisodiy-geografik va demografik omillari kompleks tahlil qilingan. Viloyatning o‘ziga xos relyef sharoiti, agroklimatik resurslari, tuproq-meliorativ holati hamda yuqori aholi zichligi sharoitida qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona va intensiv foydalanish qonuniyatlari ochib berilgan. Farg‘ona viloyati hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning tumanlararo ixtisoslashuvi, oziq-ovqat xavfsizligi darajasi va unga ta’sir etuvchi ekologik-geografik xatarlar (suv tanqisligi, yer degradatsiyasi, urbanizatsiya) statistik hamda hududiy tahlillar asosida baholangan. Tadqiqot natijalari asosida hududda barqaror oziq-ovqat ta’minotini shakllantirish, agroiqtisodiy klasterlar faoliyatini takomillashtirish, logistika zanjirlarini optimallashtirish va agrotexnologiyalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: oziq-ovqat xavfsizligi, Farg‘ona vodiysi, agrolandshaft, demografik yuklama, sug‘oriladigan yerlar, agrosanoat integratsiyasi, klaster tizimi, oziq-ovqat logistikasi