Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Farg‘ona viloyatida jinoyatchilikning hududiy tarqalishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog‘liqligi
Farg‘ona davlat universiteti
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada Farg‘ona viloyati misolida jinoyatchilikning hududiy tarqalish xususiyatlari va unga bevosita hamda bilvosita ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar majmui nazariy va metodologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda aholining bandlik va ishsizlik darajasi, demografik zichlik, urbanizatsiya ko‘rsatkichlari, yoshlar segmenti va migratsiya oqimlarining kriminogen vaziyatga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Ishning nazariy-metodologik poydevori sifatida G. Beckerning jinoyatchilikka iqtisodiy yondashuvi hamda M. Cohen va M. Felsonning rutin faoliyat nazariyasi tatbiq etilgan. Maqolada hududiy kriminogen zonalashtirish, har 10 000 aholiga to‘g mezoniy ko‘rsatkichlarni hisoblash usullari orqali profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: jinoyatchilik, Farg‘ona viloyati, kriminogen omillar, ishsizlik, urbanizatsiya, aholi zichligi, yoshlar demografiyasi, migratsiya, G. Becker nazariyasi, rutin faoliyat nazariyasi, hududiy tahlil