Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
O‘zbekistonda lalmikor dehqonchilikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekistonda lalmikor dehqonchilikni rivojlantirishning hududiy, tabiiy-iqtisodiy va tashkiliy asoslari tahlil qilingan. Lalmikor dehqonchilikning mamlakat qishloq xo‘jaligidagi o‘rni, hududiy ixtisoslashuvi hamda uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi tabiiy-iqlimiy, agroiqtisodiy va ijtimoiy omillar yoritilgan. Lalmi yerlarni foydalanishga kiritishning hududiy taqsimoti tahlil qilinib, ularning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: lalmikor dehqonchilik, lalmi yerlar, hududiy ixtisoslashuv, agroiqtisodiy salohiyat, tabiiy-iqlimiy omillar, yer resurslari, qishloq xo‘jaligini hududiy tashkil etish, GIS texnologiyalari