Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish tarkibining dinamikasi va tarkibiy o‘zgarishlari tahlili (2015–2020 yy.)
Guliston davlat universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada 2015–2020 yillar oralig'ida Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning xo‘jaliklar toifalari hamda tarmoqlar (dehqonchilik va chorvachilik) kesimidagi tarkibiy dinamikasi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida fermer xo‘jaliklari, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning yalpi va tarmoqlararo ulushlari dinamikasi o‘rganilib, klaster tizimiga o‘tish arafasidagi va dastlabki bosqichidagi institutsional o‘zgarishlarning ta'siri baholangan.
Kalit so'zlar: Sirdaryo viloyati, qishloq xo‘jaligi, fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, dehqonchilik, chorvachilik, tarkibiy dinamika, agrokllasterlar