Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Quyi Amudaryo oqimining hozirgi holatini miqdoriy baholash
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Annotatsiya
Maqola Quyi Amudaryo oqimining hozirgi holatini baholash masalalriga bag‘ishlangan. Shu maqsadda Quyi Amudaryo uzunligi bo‘yicha joylashgan, 1990-2024-yillarda statsionar gidrologik kuzatish ishlari olib borilgan Tuyamo‘yin, Qipchoq, Samanbay va Qiziljar gidrologik postlarining ma’lumotlaridan foydalanilgan. Tanlab olingan postlar bo‘yicha o‘rganilayotgan daryo oqimi miqdorlarining yillararo tebranishlari hamda daryo oqimining vegetatsiya va novegetatsiya davrlaridagi o‘zgaruvchanligi baholangan
Kalit so'zlar: daryo, gidrologik post, suv sarfi, oqim hajmi, yillararo tebranish, o‘zgaruvchanlik, baholash