ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Tog‘ va to‘g‘onli ko‘llar tasnifining ilmiy-metodologik evolyutsiyasi va ularning o‘rganilish bosqichlari

Pirnazarov, Ravshan Topvoldiyevich

Farg‘ona davlat universiteti

2026-10-24 · pp. 191–198 · DOI: 10.5281/zenodo.23491952

Annotatsiya

Ushbu maqolada tog‘ va to‘g‘onli ko‘llar botiqlarini tasniflashning bir asrdan ziyod vaqt davomida kechgan ilmiy-metodologik evolyutsiyasi va o‘rganilish bosqichlari atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda limnologiya va geomorfologiya fanlari kesishmasida shakllangan yondashuvlar 4 ta asosiy davrga (shakllanish, genetik tamoyillarning tizimlashishi, morfostrukturaviy-regional hamda zamonaviy va amaliy tasniflar bosqichlariga) bo‘linib o‘rganilgan. Maqolada A.Penk, G.E.Hutchinson, A.M.Nikitin hamda mahalliy olimlarning to‘g‘onli ko‘llar genezisi, batimetriyasi va barqarorligiga doir konsepsiyalari umumlashtirilgan. Shuningdek, O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning baland tog‘li hududlarida (Piskom, Shohimardon, Hisor havzalari) iqlim o‘zgarishi sharoitida to‘g‘onli ko‘llarning xavflilik darajasini (GLOF hodisalari) masofadan zondlash (GIS/RS) va modellashtirish orqali monitoring qilishning amaliy-gidrologik ahamiyati asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: tog‘ ko‘llari, to‘g‘onli ko‘llar, limnologiya, ko‘l botiqlari tasnifi, genezis, GLOF (ko‘l yorilishi), Sarez ko‘li, O‘rta Osiyo gidrologiyasi, GIS va remote sensing

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi