Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel toshqinlarining shakllanishida tabiiy-geografik va antropogen omillarning roli
Farg‘ona davlat universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada sel toshqinlarining shakllanishi, ularning asosiy tiplari, genezisi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi tabiiy hamda antropogen omillar geografik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Sel oqimlarining toshli-loyqa, loyqa va oqiziqli tiplarga ajratilishi, ularning tarkibidagi qattiq materiallarning granulometrik xususiyatlari bilan sel oqimining kuchi o‘rtasidagi bog‘liqlik yoritilgan. Shuningdek, relyef, litologik tuzilish, yonbag‘irlarning ekspozitsiyasi, o‘simlik qoplami, intensiv yog‘inlar, tabiiy va antropogen gidrografik obyektlar hamda insonning xo‘jalik faoliyati sel jarayonlarini shakllantiruvchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari sel xavfini baholash va kamaytirishda kompleks tabiiy-geografik yondashuvdan foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: sel oqimi, toshqin, sel tiplari, sel o‘chog‘i, sellarning shakllanishi, intensiv yog‘inlar, genezis, relyef, litologik tuzilish, meteorologik omillar, ekspozitsiya, gidrografik obyektlar, antropogen bosim, sel toshqinlarining oqibatlari