Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Buloqlarning shakllanishi va gidrogeologik xususiyatlari
O‘zbekiston Milliy universiteti
Annotatsiya
Maqolada buloqlarning shakllanish qonuniyatlari va asosiy gidrogeologik xususiyatlari tahlil qilingan. Ularning vujudga kelishida atmosfera yog‘inlari, tog‘ jinslarining litologik tarkibi, yoriqlanganligi, tektonik tuzilish, karst jarayonlari va relyef sharoitining o‘rni yoritilgan. Buloqlarning erkin oquvchi va bosim ostida yuqoriga ko‘tariluvchi turlari, debiti, minerallashuvi hamda suv harorati O‘zbekiston hududidagi ayrim misollar asosida tavsiflangan.
Kalit so'zlar: buloq, yer osti suvlari, gidrogeologiya, karst, tektonik yoriq, debit, minerallashuv, suvli qatlam