Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Kichik deltalardagi yer usti suv oqimlarining “daraxtsimon” strukturasiga hudud relyefining ta’siri
Toshkent viloyati Yangiyo’l tumani 18-maktab
Annotatsiya
Ushbu maqolada Amudaryo hozirgi deltasi hududidagi yerusti suv oqimlarining strukturaviy xususiyatlari va ularning relyef plastikasi bilan o‘zaro bog‘liqligi ko’rib chiqilgan. Deltaning sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan hududlaridagi yerusti suv oqimlari strukturasining o‘ziga xos jihatlari ochib berilib, ular “daraxtsimon” va “havzaviy” strukturalarga ajratilgan. Yerusti suv oqimlarining shakllanishi va yo‘nalishida relyefning balandlik va pastlik elementlari muhim rol o’ynashi va kollektor havzalari hamda kichik deltalar muhim omil sifatida ekanligi atroflicha yoritilgan.
Kalit so'zlar: delta geotizimlari, relyef plastikasi, yerusti suv oqimlari, daraxtsimon struktura, havzaviy struktura, kollektor havzalari, kichik deltalar