Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Sangardakdaryo havzasining gidrografik xususiyatlari va ularning turizm rivojiga ta’siri
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi
Annotatsiya
Tezisda Sangardakdaryo havzasining gidrografik tarmog‘i va uning turistik obyektlar hamda marshrutlar joylashuviga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot GAT, raqamli balandlik modeli va kartografik tahlil usullariga asoslangan. Natijalar turistik obyektlarning asosan daryo vodiylari, irmoqlar tutashuvi va sharshara atrofida shakllanishini, bahorgi to‘lin suv va sel jarayonlari esa marshrutlardan mavsumiy foydalanishni cheklashini ko‘rsatdi.
Kalit so'zlar: Sangardakdaryo havzasi, gidrografik tarmoq, suv obyektlari, ekoturizm, turistik marshrut, sel xavfi, rekreatsiya, Sariosiyo