Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Namangan viloyatida sel va suv toshqinlarining takrorlanish chastotasi va iqlimiy omillarga bog‘liqligi
O‘zbekiston Milliy universiteti
Annotatsiya
Maqolada Namangan viloyatidagi xavfli sel va suv toshqinlarining ko‘p yillik takrorlanish chastotasi, xususiyatlari hamda ularni yuzaga keltiruvchi iqlimiy omillar oʻrganilgan. Shuningdek, maqolada sodir bo‘lgan xavfli sel va suv toshqinlar sonining O‘zbekistondagi umumiy sel va suv toshqinlar soniga nisbatan ulushining 1995-2024 yillar oralig‘ida o‘zgarib borishi tahlil qilingan. Bundan tashqari, viloyat hududida xavfli sel va suv toshqinlarining yuzaga kelishiga iqlimiy omillarning ta’siri o‘rganilgan.
Kalit so'zlar: sel va suv toshqinlari, iqlimiy omillar, yog‘in miqdori, maksimal sutkalik yog‘inlar