Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanishning hududiy samaradorligini baholash
Qarshi davlat universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanishning hududiy samaradorligini baholashning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining suv resurslariga bog‘liqligi, suv ta’minotining hududiy tafovutlari hamda suvdan foydalanish samaradorligini belgilovchi tabiiy, iqtisodiy geografik va infratuzilmaviy omillar tahlil qilingan. Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini baholashda sug‘oriladigan yerlar maydoni, suv sarfi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi, hosildorlik va suv birligiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish hajmi kabi ko‘rsatkichlarning ilmiy-amaliy ahamiyati asoslangan.
Kalit so'zlar: suv resurslari, qishloq xo‘jaligi, hududiy samaradorlik, suvdan foydalanish samaradorligi, sug‘oriladigan yerlar, suv sarfi, suv ta’minoti, hosildorlik