Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Farg‘ona viloyatida suv resurslarini boshqarishning an’anaviy usullari va mintaqa dehqonchilik madaniyatida uning tutgan o‘rni
Farg‘ona davlat universiteti
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot ishida Farg‘ona viloyati va umuman Farg‘ona vodiysida suv resurslaridan samarali foydalanish hamda ularni boshqarishning qadimiy, an’anaviy hamda tarixiy-etnografik shakllari atroflicha va ilmiy asosda tahlil qilinadi. Vodiy hududida sug‘orma dehqonchilik madaniyati necha ming yillik tarixga ega bo‘lib, suv resurslarini boshqarish tizimi mahalliy aholining xo‘jalik yuritish tarzi, ijtimoiy tuzilishi hamda kundalik hayotiy ehtiyojlari bilan chambarchas bog‘liq holda shakllangan. Maqolada irmoq va kanallarni barpo etish, ularni saqlash va har yili ommaviy hashar yo‘li bilan loyqadan tozalash, suvni joylarda turli an’anaviy taqsimlash usullari hamda ushbu murakkab jarayonni tartibga solgan miroblarning ijtimoiy-huquqiy faoliyati qamrab olingan. Shuningdek, maqolada an’anaviy sug‘orish amaliyotining afzalliklari va o‘ziga xos kamchiliklari zamonaviy suv resurslarini boshqarish hamda Suv foydalanuvchilari uyushmalari faoliyati bilan qiyosiy ravishda o‘rganilib, tarixiy tajribalardan bugungi kunda foydalanish imkoniyatlari yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Farg‘ona vodiysi, Farg‘ona viloyati, suv resurslari, sug‘orma dehqonchilik, irrigatsiya tizimlari, an’anaviy suv boshqaruvi, mirob va mirobboshilik, hashar, sepoya, shikon, labgardon quvur, kund, Suv foydalanuvchilari uyushmalari