ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Fargʻona viloyatining ekologik-xoʻjalik holati va uni optimallashtirish yoʻnalishlari

G‘opporova, Farangis Botirjon qizi; Sharifjonova, Gulbahor Davlatjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti

2026-10-24 · pp. 124–127 · DOI: 10.5281/zenodo.23491889

Annotatsiya

Maqolada Fargʻona viloyatining 15 ta tumani va 4 ta shahri ekologik-xoʻjalik holati (EXH) B.I. Kochurov uslubi asosida, 01.01.2025 holatiga yer fondi maʼlumotlari boʻyicha baholangan. Yer turlari antropogen yuklama darajasiga koʻra 6 ballik shkala boʻyicha guruhlanib, absolyut (Ka) va nisbiy (Ko) taranglik, hududning tabiiy himoyalanganligi (Kez) va antropogen yuklama indeksi (AN) hisoblangan. Viloyat boʻyicha Ko = 3,05, Kez = 0,245 ekani, ya’ni ekologik barqarorlik chegarasi (0,5) dan ikki baravar past ekani aniqlandi. Hududiy birliklar EXH boʻyicha toʻrt tipga ajratildi va har bir tip uchun optimallashtirish yoʻnalishlari hamda ularning miqdoriy samarasi asoslandi.

Kalit so'zlar: ekologik-xoʻjalik holat, antropogen yuklama, nisbiy taranglik, tabiiy himoyalanganlik, yer fondi, ekologik karkas, Fargʻona viloyati

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi