ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni shakllantirishning xalqaro tajribasi va rivojlanish tendensiyalari

Abduganiev, Olimjon Isomiddinovich; Kosimov, Dilshodbek Baxodirovich

Farg‘ona davlat universiteti

2026-10-24 · pp. 116–123 · DOI: 10.5281/zenodo.23491887

Annotatsiya

Maqolada transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni (TMETH) tashkil etishning xalqaro-huquqiy asoslari va beshta xalqaro modeli – Uoterton–Gleysher xalqaro tinchlik bogʻi, «Yevropa yashil kamari», Karpat konvensiyasi, Kavango–Zambezi transchegaraviy muhofaza hududi va Gʻarbiy Tyan-Shan YUNESKO obyekti – qiyosiy tahlil qilingan. Tahlil natijasida TMETHlarni samarali tashkil etishning oʻn ikkita prinsipi ajratilgan va ularning Fargʻona viloyati sharoitiga mosligi baholangan. Fargʻona viloyatining Qirgʻiziston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlari uchun «transchegaraviy ekologik karkas» modeli, uni shakllantirishning uch sharti va besh bosqichli mexanizmi hamda toʻrtta ustuvor transchegaraviy yoʻnalish taklif etilgan.

Kalit so'zlar: transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hudud, ekologik karkas, ekologik yoʻlak, OECM, Kunming–Monreal global bioxilma-xillik doirasi, Oloy tizmasi, Shohimardon, Fargʻona viloyati

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi