ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Ekologik-xoʻjalik holat (EXH) va uni baholash mezonlari (Fargʻona viloyati misolida)

Abduganiev, Olimjon Isomiddinovich; Bozorboyeva, Dilorom Xayitboyevna

Farg‘ona davlat universiteti

2026-10-24 · pp. 112–115 · DOI: 10.5281/zenodo.23491885

Annotatsiya

Maqolada hududning ekologik-xoʻjalik holati (EXH) tushunchasi, uning landshaftning qutblanishi va hududiy ekologik muvozanat gʻoyalari bilan aloqasi hamda B.I.Kochurov metodikasidagi baholash mezonlari tahlil qilingan. Yerlarni antropogen yuklama boʻyicha olti guruhga ajratish va Ka, Ko, Kez koeffitsiyentlarini hisoblash tartibi bayon etilgan. Fargʻona viloyatining 2026-yil 1-yanvar holatidagi rasmiy yer balansi asosida Ka = 0,37, Ko = 2,21, Kez = 0,35 ekanligi aniqlandi va viloyat EXH “keskin (taranglashgan)” deb baholandi.

Kalit so'zlar: ekologik-xoʻjalik holat, antropogen yuklama, yerdan foydalanish tuzilmasi, mutlaq taranglik, nisbiy taranglik, tabiiy himoyalanganlik, ekologik karkas, Fargʻona viloyati

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi