Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Landshaft fragmentatsiyasining endemik turlar dispersiyasiga taʼsirini baholash va optimallashtirish
Farg‘ona davlat universiteti
Fargʻona davlat universiteti
Annotatsiya
Maqolada Fargʻona viloyati choʻl mintaqasi (Markaziy Fargʻona) landshaftlari fragmentatsiyasining tarixiy bosqichlari hamda uning Fargʻona vodiysi endemik va kamyob turlari tarqalishi va zichligiga taʼsiri tahlil qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobining yangi nashri (2025) maʼlumotlari asosida 8 ta tur boʻyicha muhofaza maqomi, areal koʻrsatkichlari va populyatsiya zichligi umumlashtirilgan. Qumli massivlarga bogʻliq, harakatchanligi past turlar fragmentatsiyaga eng sezgir guruh ekani, muhofaza etiladigan «Yozyovon» tabiat yodgorligida ayrim turlarning zichligi qoʻshni izolyatsiyalangan qumliklardagiga nisbatan yuqori ekani aniqlangan.
Kalit so'zlar: landshaft fragmentatsiyasi, dispersiya, endemik turlar, Markaziy Fargʻona, qumli massiv, Qizil kitob, ekologik bogʻlanganlik