Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Koʻp kvartirali uylar atrofida vertikal koʻkalamzorlashtirish tizimlarini tashkil etishning geoekologik asoslari
Fargʻona davlat universiteti
Annotatsiya
Maqolada koʻp kvartirali turar joy binolari atrofida vertikal koʻkalamzorlashtirish tizimlarini tashkil etishning geoekologik asoslari koʻrib chiqilgan. Vertikal koʻkalamzorlashtirishning ikki asosiy turi – yashil fasadlar va modulli «tirik devorlar» farqlanib, ularning mikroiqlim, havo sifati, shovqin va binoning issiqlik rejimiga taʼsiri ilmiy adabiyotlar asosida umumlashtirilgan. Oʻzbekistonning qurgʻoqchil iqlim sharoitida suv resurslarining cheklanganligini hisobga olgan holda tizimni tashkil etishning olti bosqichli texnologik sxemasi va taxminiy xarajatlari keltirilgan. Natijalar «Yashil makon» umummilliy loyihasi va yangi binolar atrofini koʻkalamzorlashtirish talablarini amalga oshirishda foydalanilishi mumkin.
Kalit so'zlar: vertikal koʻkalamzorlashtirish, yashil fasad, tirik devor, shahar mikroiqlimi, havo sifati, tomchilatib sugʻorish, «Yashil makon»