Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Yomgʻir suvini yigʻish va undan yashil hududlarni sugʻorishda foydalanish imkoniyatlari
Fargʻona davlat universiteti
Annotatsiya
Maqolada Fargʻona davlat universiteti hududidagi bino tomlaridan yomgʻir suvini yigʻish salohiyati baholangan va undan universitet yashil hududlarini sugʻorishda foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Fargʻona shahrining koʻp yillik oʻrtacha yogʻin maʼlumotlari asosida oltita bino tomidan yiliga 1853 m³ suv yigʻish mumkinligi aniqlangan. Yogʻinlarning mavsumiy taqsimoti sugʻorish ehtiyoji bilan mos kelmasligi koʻrsatilib, suv saqlash hovuzi hajmini asoslash, tizimni bosqichma-bosqich joriy etish hamda uning iqtisodiy va ekologik samarasini baholash boʻyicha takliflar berilgan.
Kalit so'zlar: yomgʻir suvini yigʻish, suv tanqisligi, yashil hududlar, sugʻorish, tom yuzasi, yigʻish koeffitsiyenti, suv saqlash hovuzi, Fargʻona