Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Landshaft fragmentatsiyasini baholashning nazariy-metodologik asoslari
Annotatsiya
Maqolada hududning antropogen yuki va landshaft fragmentatsiyasini baholashning zamonaviy nazariy yondashuvlari tizimlashtirilgan, «antropogen yuk», «antropogen bosim» va «antropogen transformatsiya» tushunchalari farqlangan. Antropogen yukni baholashning sakkiz koʻrsatkichi va fragmentatsiyani baholashning yetti landshaft metrikasi (NP, PD, ED, LPI, AREA_MN, ENN_MN, AI) mazmuni, GATda hisoblash usuli va ekologik talqini boʻyicha tavsiflangan. «Antropogen yuk → landshaft oʻzgarishi → fragmentatsiya → ekologik yaxlitlikning pasayishi» sabab–oqibat zanjiriga asoslangan va ikki jarayonni yagona toʻr yacheykalari boʻyicha baholovchi ikki blokli integral model taklif etilgan.
Kalit so'zlar: antropogen yuk, antropogen transformatsiya, landshaft fragmentatsiyasi, landshaft metrikalari, FRAGSTATS, integral indeks, GAT, Yozyovon tumani