ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Fargʻona viloyatida yerdan foydalanish dinamikasi va ekologik karkas shakllantirish zarurati

Komilova, Tursinoy Dilmurodjon qizi; Karimjonov, Jahongir Alisher oʻgʻli

Fargʻona davlat universiteti

2026-10-24 · pp. 90–94 · DOI: 10.5281/zenodo.23491859

Annotatsiya

Maqolada Fargʻona viloyati yer fondi tarkibining 1974–2024-yillardagi oʻzgarishi yerdan foydalanish intensivligi (Land Use Intensity, LUI) koʻrsatkichi asosida miqdoriy baholangan. Sakkiz toifadagi yerlar uchun antropogen yuklama darajasini ifodalovchi 1–6 ballik shkala qoʻllanilgan. Tahlil natijasida LUI qiymati 3,51 dan 3,94 gacha oshgani, oʻrmon fondi yerlari 59,1 %ga, zaxira yerlar 67,6 %ga qisqargani, sanoat, transport, aloqa va mudofaa yerlari esa qariyb uch barobar kengaygani aniqlangan. Olingan natijalar viloyatda ekologik karkasni shakllantirish va saqlanib qolgan tabiiy hududlarni muhofazaga olish zaruratini miqdoriy jihatdan asoslaydi.

Kalit so'zlar: yerdan foydalanish intensivligi, LUI, yer fondi, antropogen yuklama, landshaft fragmentatsiyasi, ekologik karkas, Fargʻona viloyati

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi