ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Fargʻona viloyatining noyob oʻsimlik turlari tahlili va ekologik karkas uchun ahamiyati

Nazaraliyeva, Odinaxon Ilyosjon qizi

Fargʻona davlat universiteti

2026-10-24 · pp. 82–85 · DOI: 10.5281/zenodo.23491852

Annotatsiya

Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobining 6-nashri (2025) I jildiga kiritilgan 317 ta oʻsimlik turi Fargʻona viloyati boʻyicha saralangan. Viloyatda 31 ta tur (9,8 %) qayd etilgani, ulardan 18 tasi Oʻzbekistonda faqat shu viloyatda oʻsishi, 23 tasi endemik ekanligi aniqlangan. Turlar toʻrtta ekologik majmuaga birlashtirilib, eng yuqori konsentratsiya Oloy tizmasining Shohimardon va Soʻx anklavlarida ekanligi koʻrsatilgan. Turlarning birortasi ham viloyat muhofaza etiladigan tabiiy hududlarida muhofaza qilinmasligi, sakkiz turning populyatsiyasi 100 tupdan kamligi ekologik karkasda nuqtali mikroyadrolarni ajratish zaruratini asoslaydi.

Kalit so'zlar: Qizil kitob, noyob oʻsimliklar, endemiklar, EOO, AOO, ekologik karkas, mikroyadro, Fargʻona viloyati

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi