Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Sugʻoriladigan yerlarda tuproq shoʻrlanishi va unga qarshi meliorativ tadbirlarni takomillashtirish
Annotatsiya
Maqolada Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanida sugʻoriladigan yerlar shoʻrlanishining tabiiy va antropogen omillari tahlil qilingan. Hindiston, Xitoy va Avstraliyaning shoʻrlangan yerlarni meliorativ yaxshilash tajribasi – yopiq drenaj, somon bilan mulchalash, galofitlar va quyosh energiyasi bilan ishlaydigan somonchali tuzsizlantirish usuli qiyosiy baholangan. Natijalar asosida tuman uchun xorijiy tajribani hisobga olgan besh blokli meliorativ tadbirlar tizimi va tajriba maydonchasida sinovdan oʻtkaziladigan yangi usullar taklif etilgan.
Kalit so'zlar: tuproq shoʻrlanishi, sizot suvlari, meliorativ tadbirlar, xorijiy tajriba, galofitlar, quyosh energiyali tuzsizlantirish, Markaziy Fargʻona, Qoʻshtepa tumani