ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Suv omborlarining atrof-muhitga taʼsirini geoekologik baholash (Markaziy Fargʻona suv ombori misolida)

Hakimova, Shahnoza Shoirjon qizi

Fargʻona davlat universiteti

2026-10-24 · pp. 74–77 · DOI: 10.5281/zenodo.23491845

Annotatsiya

Maqolada Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida qurilayotgan Markaziy Fargʻona suv omborining atrof-muhit komponentlariga taʼsiri geoekologik yondashuv asosida tahlil qilingan. Rasmiy maʼlumotlar, ilmiy adabiyotlar va masofadan zondlash natijalarini qiyosiy tahlil qilish orqali suv omborining landshaft, suv resurslari, tuproq, biota va antropogen yukka taʼsiri baholangan. Suv yuzasi maydoni yil davomida keskin oʻzgarishi (yanvarda 39–41 km², sentabrda qariyb 7 km²) qirgʻoqboʻyi geotizimlarining shakllanishi va yer osti suvlari rejimi uchun asosiy omil ekanligi koʻrsatilgan. Ijobiy va salbiy taʼsirlar taqqoslanib, qirgʻoqboʻyi muhofaza zonalari va GAT asosidagi monitoringga oid amaliy tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: suv ombori, geoekologik baholash, landshaft, yer osti suvlari, shoʻrlanish, masofadan zondlash, Markaziy Fargʻona

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi