Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Urbanizatsiyalashgan hududlarda tabiiy ventilyatsiya samaradorligini baholashning indikatorlar tizimi
Farg‘ona davlat universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada urbanizatsiyalashgan hududlarda tabiiy ventilyatsiya samaradorligini miqdoriy va sifat jihatdan baholashning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinadi. Tabiiy ventilyatsiya shahar atmosferasida havoning tabiiy almashinuvi, ifloslantiruvchi moddalarni tarqatish, issiqlikni chiqarish va mikroiqlim sharoitlarini barqarorlashtirish bilan bog‘liq murakkab geofizik-aerodinamik jarayon sifatida qaraladi. Maqolada havo almashinish koeffitsienti (ACH), shamol tezligi koeffitsienti (WVR) va havoning o‘rtacha “yoshi” (MAA) asosiy indikatorlar sifatida tizimlashtirilib, ularning hisoblash formulalari, mazmuni va baholash mezonlari yoritiladi. Shuningdek, tabiiy ventilyatsiya samaradorligiga ta’sir etuvchi shahar morfologik ko‘rsatkichlari - frontal maydon zichligi (λf), plan maydoni zichligi (λp), bino balandligi va ko‘cha kengligi nisbati (H/W), aerodinamik g‘adir-budurlik uzunligi (z₀) - bilan ventilyatsion indikatorlarning o‘zaro bog‘liqligi ochib beriladi. GIS, CFD, shamol tunneli va IoT monitoringi kabi usullarni indikatorlar tizimi bilan integratsiyalash tabiiy ventilyatsiyaning hududiy farqlarini aniqlash imkonini beradi. Taklif etilayotgan yondashuv Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari sharoitida ventilyatsiya salohiyatini baholash, shamol koridorlarini ajratish va urbanistik rejalashtirish qarorlarini ilmiy asoslash uchun metodik baza sifatida qaraladi.
Kalit so'zlar: urbanizatsiya, tabiiy ventilyatsiya, havo almashinuvi, ACH, WVR, MAA, shahar morfologiyasi, shamol koridori, ventilyatsiya salohiyati, GIS, CFD, Farg‘ona, Marg‘ilon