ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Sugʻorish usullari va texnologiyalarini tanlashda geografik omillarning oʻrni (Fargʻona viloyati misolida)

Esanova, Ruxshona Ravshanbek qizi

2026-10-24 · pp. 34–37 · DOI: 10.5281/zenodo.23491134

Annotatsiya

Maqolada sugʻorish usullari va suv tejovchi texnologiyalarni tanlashga taʼsir etuvchi geografik omillar – relyef, tuproq qoplami, yer osti suvlari, suv manbai va sifati hamda iqlim – tizimlashtirilgan va Fargʻona viloyati sharoitida tahlil qilingan. Viloyatning togʻ oldi va adir, yoyilma konuslari hamda Markaziy Fargʻona tekisligi kabi landshaft-meliorativ mintaqalari uchun maqbul sugʻorish texnologiyalari asoslangan. Respublikada suv tejovchi texnologiyalar tarkibi tahlili ular asosan lazerli yer tekislash hisobiga kengayayotganini, tomchilatib sugʻorish ulushi esa hali kichikligini koʻrsatdi. Texnologiyani tanlashda hududiy differensial yondashuv zarurligi asoslangan.

Kalit so'zlar: sugʻorish usullari, suv tejovchi texnologiyalar, tomchilatib sugʻorish, geografik omillar, relyef, tuproq, yer osti suvlari, Fargʻona viloyati

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi