ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar

Qashqadaryo viloyatida Qizil kitobga kiritilgan hayvon turlarining taksonomik, ekologik-geografik va muhofaza xususiyatlari

Artikova, Umidaxon Sodirjonovna

Qarshi davlat texnika universiteti

2026-10-24 · pp. 31–34 · DOI: 10.5281/zenodo.23491129

Annotatsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobining yangi nashri (II jild, hayvonlar, 187 tur) asosida Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan noyob hayvon turlari mamlakatning qolgan Qizil kitob turlari bilan qiyoslab tahlil qilindi. Viloyat yoki uning joy nomlari aniq koʻrsatilgan 29 tur (A guruh) va viloyatni qamrovchi togʻ tizimlari orqali keltirilgan 36 tur (B guruh) ajratildi. A guruhida baliqlar ulushi mamlakat fonidagidan 4,4 baravar yuqori (27,6 % ga qarshi 6,3 %, p = 0,002), ov va brakonerlik tahdidi esa tez-tez qayd etilgan (51,7 % ga qarshi 28,5 %, p = 0,018). Eng ogʻir maqomli turlar suv-qayir majmuasida toʻplangan, A guruhining faqat 4 turi viloyatdagi muhofaza etiladigan hududlarda muhofaza qilinadi.

Kalit so'zlar: Qizil kitob, noyob hayvonlar, muhofaza maqomi, tahdidlar, ixtiofauna, muhofaza etiladigan hududlar, Qashqadaryo viloyati

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi