Yangi O‘zbekiston: Geografiya va geoekologiya sohasida innovatsiyalar, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar
Daryo havzalarining antropogen oʻzgarishi va geoekologik holatini baholash (Soʻx daryosi havzasi misolida)
Fargʻona davlat universiteti
Annotatsiya
Maqolada Fargʻona vodiysining yirik transchegaraviy daryolaridan biri – Soʻx daryosi havzasining antropogen omillar taʼsirida oʻzgarishi va geoekologik holati tahlil qilingan. Havzaning togʻ va togʻ oldi hamda yoyilma konusi qismlarida landshaftlarning irrigatsiya, gidrotexnik inshootlar, yer resurslaridan intensiv foydalanish va urbanizatsiya taʼsirida oʻzgarishi, suvning gidrokimyoviy rejimi koʻrib chiqilgan. Yoyilma konusida tuproq va suvlarning shoʻrlanishi, oʻzan va oʻzanboʻyi ekotizimlarining degradatsiyasi hamda transchegaraviy suv resurslarini boshqarish muammolari asoslanib, havzaning geoekologik barqarorligini taʼminlash boʻyicha takliflar berilgan.
Kalit so'zlar: Soʻx daryosi havzasi, antropogen oʻzgarish, geoekologik holat, transchegaraviy daryo, irrigatsiya, yoyilma konusi, kollektor-drenaj suvlari, suv resurslarini boshqarish