“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLIKLARIDA O‘QUV MATERIALI MURAKKABLIGINI ANIQLASH MEZONLARI
OXU, Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 1-bosqich magistranti
Annotatsiya
Maqolada boshlang‘ich sinf darsliklaridagi o‘quv materiali murakkabligini aniqlashning pedagogik asoslari va asosiy mezonlari yoritiladi. Murakkablikni faqat matn hajmi yoki notanish so‘zlar soni bilan baholash yetarli emasligi asoslanib, mazmuniy yangilik, tushunchalararo bog‘liqlik, topshiriq talab qiladigan aqliy amal, til va matn tuzilishi, axborot zichligi, ko‘rgazmali vositalar hamda o‘quvchining tayyorgarlik darajasi kabi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, darslik materiallarini izchil baholash va ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar taklif etiladi.
Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, darslik, o‘quv materiali, murakkablik, bilish faoliyati, didaktik mezon, topshiriq, yosh xususiyatlari.