“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘ZBEKISTON AVTOMOBILSOZLIK SANOATIDA MAHALLIYLASHTIRISHNING HOZIRGI HOLATI VA MOLIYAVIY CHEKLOVLARI
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Tezisda O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatida mahalliylashtirishning hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari rasmiy statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi. Ishlab chiqarish hajmi, butlovchi qismlar importi va mahalliylashtirish ko‘rsatkichlari jadval va rasmlarda keltiriladi. Mahalliylashtirish ko‘rsatkichlari o‘sib borayotganiga qaramay, korxona darajasidagi moliyaviy cheklovlar — qarz mablag‘larining qimmatligi, moliyaviy vositalarning cheklanganligi va valyuta xavfi — investitsiya qarorlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi asoslanadi. Mahalliylashtirishni qo‘llab-quvvatlash choralarini moliyaviy boshqaruv nuqtai nazaridan to‘ldirish bo‘yicha takliflar beriladi.
Kalit so'zlar: avtomobilsozlik, mahalliylashtirish, butlovchi qismlar, moliyaviy cheklovlar, foiz stavkasi, valyuta xavfi, sanoat kooperatsiyasi.