ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

PEDAGOGIK KVAZIEKSPERIMENT NATIJALARINI STATISTIK TAHLIL QILISH: KOVARIATSION TAHLIL VA EFFEKT O‘LCHAMLARINING AFZALLIKLARI (TIBBIY BIOLOGIYA TAJRIBA-SINOVI MISOLIDA)

Aliyev, Zohidjon Zokirjon o‘g‘li

Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti «Tibbiy biologiya va mikrobiologiya» kafedrasi katta o‘qituvchisi, Farg‘ona, O‘zbekiston

2026-11-25 · pp. 62–64 · DOI: 10.5281/zenodo.24523879 · UDK 37

Annotatsiya

Maqolada pedagogik kvazieksperiment natijalarini statistik tahlil qilish usullari Tibbiy biologiyani integrativ o‘qitish tajriba-sinovi (N = 522) ma’lumotlari misolida qiyoslanadi. Tajriba guruhi (TG) kirish natijasi bo‘yicha nazorat guruhidan (NG) 2,08 ballga ustun bo‘lgan sharoitda samara bir necha usul bilan baholandi: yakuniy natijalarning tuzatilmagan farqi (9,63 ball), o‘sish ballari farqi (7,56 ball), kovariatsion tahlil (ANCOVA; 7,75 ball [7,24; 8,25]), moderatsion model hamda normallashtirilgan o‘sish (0,49 va 0,21). Barcha usullarda p < 0,001 bo‘lgani uchun p-qiymat ularni farqlamaydi; xulosaning to‘g‘riligini effekt o‘lchami, ishonch oralig‘i va regressiya qiyaliklarining bir xilligi tekshiruvi belgilaydi. Pedagogik tajribalarda kirish natijasini hisobga oluvchi tahlilni oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.

Kalit so'zlar: pedagogik tajriba-sinov, kvazieksperiment, kovariatsion tahlil, effekt o‘lchami, normallashtirilgan o‘sish, Tibbiy biologiya.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi