“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
TA’LIM YO‘NALISHLARI KESIMIDA TIBBIY BIOLOGIYANI INTEGRATIV O‘QITISH SAMARADORLIGI: DAVOLASH ISHI, PEDIATRIYA ISHI VA STOMATOLOGIYA TALABALARI MISOLIDA
Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti «Tibbiy biologiya va mikrobiologiya» kafedrasi katta o‘qituvchisi, Farg‘ona, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada Tibbiy biologiyani integrativ texnologiyalar vositasida o‘qitish metodikasining samaradorligi uch ta’lim yo‘nalishi – Davolash ishi, Pediatriya ishi va Stomatologiya – kesimida tahlil qilinadi. Tajriba-sinov 2025–2026-o‘quv yilida uchta tibbiyot oliy ta’lim muassasasining 522 nafar 1-bosqich talabasi bilan o‘tkazildi (tajriba guruhi – 261, nazorat guruhi – 261). Natijalar 100 ballik integral ball bilan o‘lchandi va kirish natijasi bo‘yicha tuzatilgan kovariatsion tahlil (ANCOVA) bilan baholandi. Tuzatilgan samara Davolash ishida 7,45, Pediatriya ishida 8,12, Stomatologiyada 7,67 ballni tashkil etdi; guruh × yo‘nalish o‘zaro ta’siri statistik ahamiyatsiz (p = 0,461). Haftalik yuklamasi ikki marta kam Stomatologiyada ham samaraning saqlanishi metodikaning uch qatlamli mazmun tuzilmasi bilan izohlanadi.
Kalit so'zlar: Tibbiy biologiya, integrativ texnologiyalar, ta’lim yo‘nalishi, Davolash ishi, Pediatriya ishi, Stomatologiya, samaradorlik, kovariatsion tahlil.