“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA ESTETIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (FALSAFA FANLARI MISOLIDA)
Farg‘ona davlat universiteti magistranti
Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
Maqolada integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning falsafiy-pedagogik asoslari va amaliy mexanizmlari tadqiq etilgan. Falsafa fanlari («Falsafa», «Estetika», «Etika», «Madaniyatshunoslik») hamda pedagogik turkum fanlarining fanlararo integratsiyasi orqali talabalarda estetik idrok, badiiy tafakkur, aksiologik baholash va kasbiy-ijodiy kompetensiyalarni shakllantirish mazmuni yoritilgan. Shuningdek, globallashuv va axborot makonidagi g‘ayriestetik tahdidlar sharoitida bo‘lajak pedagoglarning estetik immunitetini mustahkamlash, bosqichma-bosqich («1–4-kurslar kesimida») rivojlantirish tamoyillari hamda «Estetik tarbiya klasteri» modelining metodik imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: integrativ yondashuv, estetik kompetentlik, bo‘lajak o‘qituvchi, falsafa fanlari, estetik ta’lim va tarbiya, estetik tafakkur, fanlararo integratsiya, aksiologik yondashuv, estetik immunitet, metodika.