ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

OILA INSTITUTINI MUSTAHKAMLASHDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING OILA TO‘G‘RISIDAGI PEDAGOGIK QARASHLARI

Parpiyeva, Xosiyatxon Rajabaliyevna

Osiyo Xalqaro Universiteti Pedagogika yo’nalishi 1-kurs magistranti

2026-11-24 · pp. 42–43 · DOI: 10.5281/zenodo.24500252 · UDK 37

Annotatsiya

Mazkur maqolada oila institutini mustahkamlashning ma’naviy-pedagogik asoslari Sharq mutafakkirlarining ilmiy va ma’naviy merosi asosida tahlil qilingan. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Unsurulmaoliy Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur va Alisher Navoiy asarlarida inson kamoloti, axloqiy tarbiya, ota-ona mas’uliyati, farzand tarbiyasi, oilaviy munosabatlar hamda jamiyat barqarorligiga oid qarashlar o‘rganilgan. Qiyosiy-tarixiy va manbashunoslik yondashuvlari asosida mutafakkirlar merosidagi g‘oyalarning zamonaviy oila pedagogikasi bilan bog‘liqligi ochib berilgan. Tahlil natijasida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish va mahalla–maktab–oila hamkorligini rivojlantirishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: oila instituti, Sharq mutafakkirlari, oila pedagogikasi, oilaviy tarbiya, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, ota-ona mas’uliyati, farzand tarbiyasi, komil inson.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi